13 dek 17:44
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu: "CHempionlar ligasining qiziq qismi endi boshlanadi"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu CHempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlangani haqida fikr bildirdi.
"CHempionlar ligasining qiziq qismi endi boshlanadi va biz unga to'liq tayyor bo'lamiz. Xotirjamman, chunki bu jamoaning kuchini yaxshi bilaman. "Yang Boyz"ga qarshi bahsga to'xtaladigan bo'lsak, qiyinchiliksiz bir nechta gol urishim mumkin edi, ammo bu futbol, endi bor etiborni keyingi bahsga qaritishimiz kerak" - deydi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, «Atletiko», «Borussiya» (Dortmund), «Barselona», «Tottenxem Xotspur», «Pari Sen-Jermen», «Liverpul», «Portu», «SHalke-04», «Bavariya», «Ayaks», «Manchester Siti», «Lion», «Real», «Roma», «Yuventus» va «Manchester Yunayted» CHempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga chiqdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar