09 iyu 11:18
Yangiliklar

Ronaldu – dunyoning eng ko'p maosh oluvchi sportchisi
So'nggi 15 yildan beri birinchi o'rinni afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer egallab kelayotgan edi.
Bokschi faoliyatini yakunlashi bilan o'z o'rnini bo'shatib qo'ydi. SHu tariqa, Ronaldu ushbu reytingda birinchi o'ringa ko'tarilgan ilk futbolchiga aylandi. Bungacha jamoaviy sport turlarida ishtirok etuvchi basketbolchi Maykl Jordan ham birinchi bo'lgandi.
Reytingda sportchilarning oxirgi 12 oydagi maoshi va mukofot pullari hisobga olingan. Reklama shartnomalari bunga qo'shilmagan.
1. Krishtianu Ronaldu (“Real”, futbol) – 88 million dollar
2. Leonel Messi (“Barselona”, futbol) – 81,4
3. LeBron Jeyms (“Klivlend”, basketbol) – 77,2
4. Rojer Federer (tennis) – 67,8
5. Kevin Dyurent (“Oklaxoma-Siti”, basketbol) – 56,2
6. Novak Jokovich (tennis) – 55,8
7. Kemeron Nyuton (“Karolina”, Amerika futboli) – 53,1
8. Fil Mikelson (golf) – 52,9
9. Jordan Spif (golf) – 52,8
10. Kobe Brayant (“Leykers”, basketbol) – 50
Fikrlar