04 apr 07:25
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu ECHLdagi o'zining eng tezkor golini urishga muvaffaq bo'ldi
Kecha oqshom Madridning "Real" klubi Evropa chempionlar ligasi chorak final ilk uchrashuvini Turinda “Yuventus”ga qarshi o'tkazib, yirik 3:0 hisoibida g'alaba qozondi.
Krishtianu Ronaldu uchrashuvda dublga erishdi. Gollardan biri o'yininng 3-daqiqasida Janluijji Buffon darvozasidan joy oldi. Ronaldu shu vaqtga qadar CHempionlar Ligasida 3-daqiqada gol kiritmagan edi. Bu uning o'z faoliyati davomida mazkur musobaqadagi eng tezkor goli sifatida tarixga kirdi.
SHuningdek, endilikda Ronaldu hisobida Jiji Buffon darvozasiga kiritilgan 8 ta gol bor, u buncha gol urishi uchun 9 ta zarba kifoya qilgan.
Havola :
Fikrlar