10 avg 10:00
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu Franciyaga ko'chib o'tishi mumkin
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini PSJda davom ettirishi kutilmoqda.
Footmercato.net xabariga ko'ra, futbolchi Turin klubining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan norozi. CHunki Krishtianu "Yuventus"ga o'tar chog'ida nafaqat A Seriya, balki, CHempionlar Ligasida ham zafar quchishni maqsad qilgan edi.
Takidlanishicha, portugaliyalik o'yinchining vakillari allaqachon "Pari Sen-Jermen" rahbariyati bilan uchrashib, ehtimoliy transferni muhokama qilishgan.
Eslatib o'tamiz, kecha "Yuve" prezidenti Andrea Anelli 35 yoshli forvardning Turinda qolishi haqida gapirgandi.
Havola :
Fikrlar