03 dek 09:37
Yangiliklar

Ronaldu, Grizmann va Messi - Yil futbolchisi bo'lishga davogar
Krishtianu Ronaldu, Antuan Grizmann va Lionel Messidan biri 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Bu uchlikda mukofot uchun eng munosib nomzod bu shubhasiz, Krishtianu Ronaldu bo'lib turibdi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan birga Franciyada o'tgan Evropa chempionatida g'olib chiqdi. Klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqa - Evropa chempionlar ligasida ham bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Krishtianu bu yil hisobida hozircha 53ta gol kiritib, 17ta golga assistentlik qildi.
Ikkinchi nomzod - Antuan Grizmann. Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. SHuningdek, u to'purarlik mahoratini ham namoyish etgan edi.
Uchinchi nomzod - Lionel Messining imkoniyatlari eng kam baholanyapti. Argentinalik futbolchi “Barselona” safida Ispaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. 2016 yilda Messi hozircha 55ta gol urib, 32ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar