24 iyu 09:54
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu jahon va Evropa chempionatida gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Franciyaga qarshi o'yinda dubl qayd etdi (2:2).
Bu orqali uning jahon va Evropa chempionatlarida urgan gollari soni 21 taga etdi. Ushbu gollardan 14 tasini u Evropa chempionatlarida kiritgan.
U Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Miroslav Klozening rekordini yangiladi. Germaniyalik sobiq futbolchi jahon chempionatida 16 ta, Evropa chempionatida esa 3 ta gol urgan.
Havola :
Manba : Opta Sports
Fikrlar