18 noy 10:26
Yangiliklar
Ronaldu JCHga to'g'ridan-to'g'ri chiqa olmaganidan so'ng serbiyalik futbolchi bilan nimani gaplashdi?
"O'yindan keyin holatimiz juda yomon edi. Futbolchilar chim ustida yotishar, bazilar esa shunchaki boshlarini egib turishardi.
Futbolchilarga dalda berish uchun maydonga chiqdim. Krishtianu oldidan o'tib ketayotganimda u serbiyalik futbolchiga: "Agar uchinchi golimni bekor qilishmaganida, hozir sen kulib turmagan bo'larding".
Men shunchaki Ronalduga o'zini bosishini aytdim va boshqalarning oldiga ketdim. Krishtianu menga ishonadi", - dedi Santush.
Eslatib o'tamiz, shu yil mart oyidagi o'yinning (2:2) 93-daqiqasida Ronalduning zarbasini serbiyalik futbolchi qaytarib qolgandi. Hakamlar o'sha vaziyatda to'p chiziqni kesib o'tmadi deb hisoblashgan. SHu sababli, o'shanda hisob o'zgarmay qolgandi.
Fikrlar