08 sen 18:27
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu Jorjina Rodrigesning qo'lini so'radi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu sevgan qizi Jorjina Rodrigesni qo'lini so'radi.
Bu mavsum yakunlangan so'nggi tatil vaqtida ro'y bergan. Rodriges Krishtianu va uning do'stlari uchun kecha tashkil qildi. Ronalduga esa bu narsa shunchalik yoqdiki, u qizga turmush qurishni taklif qildi. Jorjina esa bunga rozi bo'lgan.
Manbaning xabariga ko'ra, juftlik yaqin orada turmush qurishni rejalashtirmayapti. Tadbir yopiq tarzda o'tkaziladi. Portugaliyalik 8 mln evroga er sotib olgani va u erda 20 mln evroga uy qurilishi aytilmoqda. Aynan shu uyda juftlik munosabatlarini rasmiylashtirgandan so'ng yashashadi.
Eslatib o'tamiz, Jorjina Rodriges ispaniyalik raqqosa va model hisoblanadi.
Havola :
Manba : elmundo.es
Fikrlar