09 fev 13:25
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu ketma-ket 10ta o'yinda gol urgan "Yuventus"ning ilk futbolchisi bo'ldi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasida "Verona"ga qarshi o'yinda to'p kiritishga erishdi.
"Gracenote" xabariga ko'ra, Ronaldu "Yuventus" tarixida chempionatning ketma-ket 10ta o'yinida darvozani ishg'ol qilgan ilk futbolchiga aylandi.
A Seriya tarixida bunday rekord oldin ham qayd etilgan. 1962/63 yilgi mavsumda "Bolonya" futbolchisi Ecio Paskutti ketma-ket 10 chempionat o'yinida gol urgandi. Bu boradagi rekord esa 1994/95 yilgi mavsumda ketma-ket 11 o'yinda to'p kiritgan "Fiorentina"ning sobiq futbolchisi Gabriel Batistutaga tegishli.
Ronaldu ushbu mavsumda barcha turnirlarda 28 o'yinda 23 ta gol urdi va 3 ta assistentlikni qayd etdi.
Havola :
Fikrlar