08 fev 09:25
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu ketma-ket 5 ta o'yinda gol urdi
"Al Nassr" va Portugaliya termasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu so'nggi 5 ta o'yinida gol urdi.
"Al Nassr"ning 40 yoshli forvardi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al Feyha"ga qarshi o'yinning 74-daqiqasida darvozani ishg'ol qildi.
Bunga qadar u "Al Raed", "Al Fateh", "Al Halij" va "Al Vasl" bilan uchrashuvlarda ham gollar urgandi. Ronaldu klubi va Portugaliya termasi tarkibida so'nggi 12 o'yinida 16 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar