03 mar 19:48
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu kim(lar)ga havas qilgan?
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kumirlarini ajratib ko'rsatdi.
"Ronaldu va Ronaldino o'z ortlaridan meros va tarix qoldirgan. Aytishim mumkinki, men ulardan ko'ra ko'proq shaxsiy unvonlarni qo'lga kiritganman, lekin ular jahon chempioni bo'lgan. Ularning o'yinlarini ko'rib ulg'ayganman va ikkalasini ham kumirim deb aytgan bo'lardim. Qaysi biri kuchliroq ekanligi muhim emas. Asosiysi, ular futbol tarixiga hissa qo'shgan", – dedi Ronaldu.
40 yoshli Ronaldu faoliyati davomida 925 ta gol urgan.
Havola :
Manba : GiveMeSport
Fikrlar