31 okt 14:10
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu mashg'ulotlarga qaytish uchun yana bir bor koronavirusga manfiy test topshirishi kerak
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytishga yaqin.
Oldinroq koronavirusga manfiy test toshirgan futbolchi bugun yana testdan o'tishi kerak bo'ladi. Agar takroriy test yana o'yinchida COVID-19 yo'qligini ko'rsatsa, Ronaldu "Yuve"ga qaytishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchi bugun individual mashg'ulot olib borishi mumkin.
"Yuventus" keyingi o'yinini 1 noyabrda o'tkazadi. Andrea Pirlo shogirdlari o'sha kuni "Speciya"ga qarshi bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar