14 noy 09:30
Yangiliklar
Futbol
Ronaldu mavsumoldi yig'inlarda qatnashmaganiga farzandini sabab qilib ko'rsatdi, u klubdan ketishga tayyor
Krishtianu Ronaldu MYUning mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etmagandi.
Bunga sabab sifatida u, iyul oyida 3 oylik chaqalog'i kasalxonaga tushib qolganini aytdi. SHuningdek, u MYU rahbariyati ushbu sababga bahona sifatida qaraganidan hafa bo'lganini ham takidladi. SHuningdek, u istalgan payt klubdan ketishga tayyor ekanligini aytdi.
"Pikasso aytganidek, nimanidir tiklash uchun, nimanidir buzish kerak. Agar MYU buni mendan boshlaydigan bo'lsa, muammo yo'q.
Men klubni va muxlislarni yaxshi ko'raman. Ular doimo men tomon bo'lishgan. Ammo klubda nimanidir o'zgartirmoqchi bo'lishsa... Ular ko'p ish qilishlari lozim, juda ko'p", - dedi Ronaldu.
Havola :
Fikrlar