So’nggi yangiliklar

14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0

23 avg 12:48
Yangiliklar

Futbol

Ronaldu, Neymar, Mane, Benzemaning O'zbekistonga ehtimoliy tashrifi yohud guruh bosqichida jamoalarimizga kimlar raqiblik qiladi?

Quyidagi maqolada jamoalarimizning Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichidagi ehtimoliy raqiblari bilan tanishib chiqamiz.

«Navbahor» va OKMK muxlislarini pley-offdagi g'alabalar bilan tabriklaymiz. Endi OCHL 2023/2024 mavsumi guruh bosqichida O'zbekistondan jami 4 jamoa ishtirok etadi. Ular O'zbekiston chempioni «Paxtakor», Kubok sohibi «Nasaf», vice chempion «Navbahor» va 4 chi o'rin sohibi Olmaliqning OKMK klublari. Bilasiz, yangi mavsumdan OFK O'zbekiston uchun 2+2 ko'rinishida kvotalar ajratgandi. Unga ko'ra ichki chempionat g'olibi va Kubok sohibi to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida qatnashsa, qolgan ikki jamoa pley-offdan o'tishiga to'g'ri kelardi. 

Dastlab OKMK saralashning ilk raundida Omonning “Al Sib” klubini minimal hisobda mag'lub qildi, ikkinchi bosqichda esa Qatarning “Al Arabi” jamoasi xuddi shu taxlid tiz cho'ktirildi. «Navbahor» reytingi yuqoriroq bo'lganligi boiz to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan ishtirokini boshladi. Kuni kecha «lochinlar» Qatarning “Al Vakra” klubini dramatik tarzda o'tgan bahsda ekstra taymlarda urilgan yagona gol evaziga mag'lub qilishdi va guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. SHu tariqa yangi mavsum OCHL guruh bosqichida yurtimizning 4 jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi.  

OFK reglamentiga ko'ra guruh bosqichida jami 40 jamoa ishtirok etadi. Ular ikki g'arbiy va sharqiy hududga bo'lingan holda tasniflanadi. Bilasiz, O'zbekiston G'arbiy mintaqada joylashgan va asosan arab jamoalari bilan bellashadi. Mintaqadagi 20 klub egallagan reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi. Bir savatchadan joy olgan jamoalar shuningdek bitta mamlakat sharafini himoya qilayotgan klublar guruh bosqichida o'zaro to'qnash kelishmaydi. Superliga chempioni birinchi savatchadan joy olgan bo'lsa, Kubok sohibi «Nasaf» ikkinchi savatchadan o'rin egallagan. Saralashdan o'tgan OKMK va «Navbahor» so'nggi to'rtinchi savatchadan joy olishdi.

Jamoalarimizning guruh bosqichidagi ehtimoliy raqiblari.

«Paxtakor»


«Nasaf»


«Navbahor»


OKMK

Eslatib o'taman qura tashlash jarayoni ertaga 24 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan OFK qarorgohida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing