So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

15 noy 12:12
Yangiliklar

Futbol

Ronaldu nima uchun "Real"dan ketmoqchi ekanligini aytdi

Teglar :  RealRonaldu
Ispaniyaning AS nashri "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z klubini nega tark etmoqchiligi sabablarini tushuntirdi.

Birinchidan, Ronalduning fikricha, "qaymoqranglilar" safida uni qadriga etishmayapti. Futbolchi "Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirganidan va klub 18 yoshli futbolchi uchun 140 mln. evro to'lashga tayyorligidan norozi bo'lgan. Bu haqda bilgan Ronaldu rahbariyatdan Mbappe kelganidan so'ng klubni tark etishni so'radi. "Real"dagilar bunga rozi bo'lishgandi. Biroq Franciya terma jamoasi hujumchisi "Monako"dan PSJga ijara asosida o'tdi, Ronaldu esa ispan grandida qoldi. "Qirollik klubi" Ronalduning maoshini ko'tarish haqida vada berdi.

Ronalduning yana bir etirozi "Real" oldinroq "Barsenlona" futbolchisi bo'lgan Neymarga qiziqishi edi. Portugaliyalik bu harakatni, uning o'rniga futbolchi topish deb hisobladi.

Ronaldu uning maoshi Neymar va "Barselona" hujumchisi Lionel Messinikidan kamligidan norozi. Malum bo'lishicha, aynan shu sabab tufayli "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvdan (1:3) so'ng, "Real" bilan shartnoma uzaytirmasligini aytgan.

Bundan tashqari, Ronaldu mamlakat soliq xizmati bilan muammolar bo'layotgani uchun ham "Real"ni tark etmoqchi. Oldinroq, portugaliyalik soliq organlaridan 15 mln. evro qarzligi aytilgan edi. Ronaldu esa bu ayblovlarni rad etyapti.

Ronalduning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing