25 dek 10:35
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu olmos qadalgan TagHeuer soatlarini ko'z-ko'z qildi
Portugaliya futboli yulduzi o'zining Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasini yangi suratlar va videolar bilan to'ldirishda davom etmoqda.
Bu safar “Real” klubi hujumchisi SHveycariyaning TAG Heuer brend soatini reklama qilib chiqdi. Ronaldu ushbu kompaniya bilan mana bir necha yildirki hamkorlik qilib keladi.
“TAG Heuer kompaniyasi menga yangi soat sovg'a qildi. Tourbillon soati qimmatbaho olmoslar bilan bezatilgan. Kompaniya direktori, do'stim Jan-Klod Biverga minnatdorchilik bildiraman. U mening nimani yaxshi ko'rishimni juda yaxshi biladi!”, – dedi “Oltin to'p” sohibi.
Havola :
Fikrlar