30 dek 13:05
Yangiliklar

Ronaldu "Real"dan ketmoqchi
32 yoshli portugaliyalik madridliklar rahbariyatidan yozda o'zini 100 million evrodan ko'p bo'lmagan summaga sotishlarini so'radi. Krishtianuning klub bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnomasida tovon puli 1 milliard evro deb ko'rsatilgan.
Hujumchining agenti Ronaldu "Real"dan ketish uchun kurashayotgani haqida PSJ va uning sobiq klubi "Manchester Yunayted"ga xabar qilgan.
Futbolchining madridliklar prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari yomonlashgan. Ahvol shu darajadaki, futbolchi Peres bilan hatto gaplashishni ham xohlamayapti. Forvard jamoa va o'zi o'rtasidagi shaxsiy shartnomaga muvofiq maoshining oshirilmagani uchun Peresning so'zida turmaganidan norozi. Ayni paytda Krishti Lionel Messi ("Barselona") va Neymar (PSJ)dan kam maosh olmoqda.
Fikrlar
men EPL Manager da liga yaratdim va nomini «barcelona5» deb qo'ydim. Agar ligamizda ishtirok etsangiz juda xursand bo'lardim!
O'yinni boshlash uchun - shunchaki quyidagi havolaga o'ting va jamoa tuzishingiz bilan ligaga avtomatik qo'shilasiz: https://eplmanager.com/oz/I-2PCA-XMRU
Agar ligaga avtomatik tarzda qo'shila olmasangiz buni kod orqali qilish mumkin: 2PCA-XMRU