18 may 17:45
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu soliq uchun 14 million to'laydi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ispan soliq xizmati unga nisbatan ochilgan ishni yopishi uchun 14 mln. evro jarima to'lashga tayyor.
Malum bo'lishicha, Ronaldu o'z yuristi orqali xat yuborgan va unda to'rt holatdagi aybini tan olgan. Portugaliyalik jinoiy ish JCH-2018gacha yopilishiga umid qilmoqda.
Oldinroq, prokuror Ronaldudan 14,8 mln. evro jarima to'lashni talab qilgan edi. Soliq xizmatining fikricha, forvard umumiy 25,7 mln. evro to'lab berishi lozim. Portugaliyalik avvaliga 3,8 mln. evro o'tkazib bermoqchi edi, ammo soliqchilar taklifni rad etishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar