08 okt 09:35
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu terma jamoadagi birinchi pokerini rasmiylashtirdi
Madridning “Real” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2018 saralashida Andorraga qarshi o'yinda (6:0) to'rtta gol urdi.
Ronaldu 2 va 4-daqiqada dublga erishdi. 47-daqiqada Jozep Gomes Moreyra darvozasini uchinchi bor ishg'ol qildi, 68-daqiqada to'p kiritib terma jamoadagi birinchi pokerini qayd etdi.
Futbolchi “Real” safida 7 marta pokerga erishgan. Andorraga qarshi o'yin Ronaldu uchun Evro-2016 finalidan keyingi terma jamoadagi birinchi o'yin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar