14 apr 17:02
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu UEFA CHempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Kecha UEFA rasmiy sayti CHempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi borasida so'rovnoma boshlagan edi.
Davogarlar orasida quyidagi futbolchilar mavjud edi: Paulo Dibala ("Yuventus"), Kilian Mbappe ("Monako"), Krishtianu Ronaldu ("Real") va Antuan Grizmann ("Atletiko").
"Yuventus" - "Barselona" uchrashuvida Paulo Dibala dublga erishdi. Kilian Mbappe ham "Borussiya"ga qarshi o'yinda 2 ta gol urdi. Krishtianu Ronaldu "Bavariya" darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Antuan Grizmann esa "Lester Siti" bilan o'yinda penaltini golga aylantirdi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar