30 sen 17:11
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu va Salah APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun davogar
Angliya Premer-ligasi sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchi bo'lish uchun davogarlarni elon qildi.
Mukofot uchun Joau Kanselu («Manchester Siti»), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»), Antonio Ryudiger («CHelsi»), Allan Sen-Maksimen («Nyukasl»), Muhammad Salax («Liverpul») va Ismail Sarr («Uotford») davogarlik qilishmoqda.
So'rovnoma APL rasmiy saytida 4 oktyabrga qadar o'tkaziladi, shundan so'ng g'olib nomi malum bo'ladi.
Avgustda Angliya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb "Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio tan olingandi.
Havola :
Manba : premierleague.com
Fikrlar