26 jan 17:00
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu "Valensiya"ga qarshi o'ynay oladi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etadi.
27 yanvar kuni madridliklar "Mestalya" stadionida "Valensiya" bilan uchrashishadi va portugaliyalik maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Deportivo"ga qarshi LaLiganing 20-tur bahsida yuzidan jarohat olgan edi. Vaziyatlarning birida raqib jamoa futbolchisi to'pga zarba berayotib, Ronalduning yuzini nishonga olgan.
Portugaliyalik "Real"ning so'nggi mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar