14 dek 17:24
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu "Yuventus" muxlislari nimani kechirmasliklarini aytdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Torino"ga qarshi bo'lib o'tadigan Turin derbisi haqida fikr bildirdi.
Bahs 15 dekabr kuni "Torino" maydonida bo'lib o'tadi.
"Ekipirovkachilardan biri menga shunday dedi: "Iltimos, g'alaba qozoning". Bilishimcha, "Yuventus" muxlislari ikkita narsani kechirmas ekan: "Inter"ga mag'lub bo'lishni va "Torino"ga yutqazib qo'yishni. Derbi - o'zgacha voqea, shu sababli unda g'olib chiqishimiz kerak. Xotirjamman, chunki jamoamizning kuchidan xabarim bor. Qisqa vaqt ichida muhim o'yinlar o'tkazamiz" - deydi portugaliyalik.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar