25 may 14:47
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu "Yuventus"dan ketishiga shama qildimi?
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Italiya futbolida barcha niyatlarini amalga oshirganini malum qildi.
"Italiya futbolidagi o'zim oldimga qo'ygan barcha vazifalarimni bajarib bo'ldim: chempionlik, Kubok va Superkubok, shuningdek, gigant klublar va ajoyib futbolchilari bor eng ajoyib futbol madaniyatiga ega bo'lgan davlatda mavsumning eng yaxshi futbolchisi, undan tashqari, to'purari bo'ldim. Bundan xursandman", - dedi Ronaldu.
Ronaldu yozgi transferlar oynasi vaqtida Turin superklubidan ketishi kutilmoqda. Uning navbatdagi manzili qaysi jamoa bo'lishi aniq emas. Oldinroq uning PSJ yoki "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi.
Havola :
Fikrlar