29 dek 15:45
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu "Yuventus"ga o'tishi mumkin bo'lgan ekan
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z vaqtida "Manchester Yunayted" o'rniga "Yuventus"ga o'tishi mumkinligini aytib berdi.
"17 yoshligimda "Sporting"da o'ynardim, menga ko'plab klublar qiziqish bildirgan. Agentim Jorje Mendesh men uchun doimo muhim bo'lgan va kerakli maslahatlar berardi. Menga "Yuventus" qiziqish bildirganini eslayman. Juda xursand bo'lgandim, chunki u buyuk klub.
O'sha paytda "Real", "Manchester Yunayted" va boshqa kuchli klublardan takliflar bor edi. Eng yaxshisi "Manchester"dan keldi va Angliyada o'ynash orzuim amalga oshdi. Faoliyatimni Italiya emas, Angliyada davom ettirmoqchi edim va menda shunday imkoniyat paydo bo'ldi" - deydi Ronaldu.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar