03 iyu 11:32
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu "Yuventus"ga qaysi murabbiy kelishini istamoqda?
"Yuventus" jamoa Massimiliano Allegri bilan xayrlashgach, hamon yangi murabbiy qidirish bilan band.
Xabaringiz bor, hozirda "CHelsi" bosh murabbiyi hisoblangan Mauricio Sarri Turin klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani xabar qilingandi. Ammo vaziyatni "keksa sinora" etakchisining xohishi o'zgartirib yuborishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu boshqaruvni o'zi "Real"da birga ishlagan Joze Mourino qo'lga olishini istamoqda. Forvard rahbariyatdan aynan portugaliyalik murabbiy bilan bitim imzolashni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Mourino o'tgan yil dekabr oyida "Manchester Yunayted"ni tark etgach, ishsiz yuripti.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar