02 dek 14:41
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu “Yuventus”ning 61 yillik rekordni takrorladi
“Yuventus”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu A seriyaning 14-turida “Fiorentina”ga (3:0) qarshi bahsda gol urishga erishdi.
Futbolchi 79-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan so'ng muvaffaqiyat qozondi.
Bu bilan Ronaldu Italiya chempionatida urgan gollari sonini 10 taga etkazdi. U “Yuve” safida so'nggi 61 yil ichida dastlabki 14 ta bahsda 10ta gol urgan ilk futbolchi bo'ldi. Ronaldudan ilgari bu ishni Jon CHarlz 1957/58 yilgi mavsumda amalga oshirgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar