15 noy 16:43
Yangiliklar

Ronaldudan super ko'rsatkich
Uchrashuvning 7-daqiqasida Ronaldu penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 22 va 65-daqiqalarda o'yindan gol urdi. Krishtianu 83-daqiqada zaxiraga olindi.
Bu 34 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi 55-xet-trik bo'ldi. Ulardan 9tasiga u terma jamoada erishgan. Etiborli tomoni, Krishtianu so'nggi xet-trigini 10 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Litvaga qarshi dastlabki o'yinda (5:1) qayd etgan edi.
Kechagi gollardan so'ng Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi gollari soni 98taga etdi. Terma jamoada gollar soni bo'yicha faqatgina eronlik Ali Dayi (109ta gol) portugaliyalik futbolchidan ko'proq gol urgan. SHu tariqa, Ronaldu jahon rekordini takrorlashi uchun unga 11ta gol qoldi.
Terma jamoa tarkibidagi o'yinlar soni bo'yicha Krishtianu Evropa rekordini takrorlashi uchun 13ta o'yin, jahon rekordigacha esa 21ta o'yin qoldi. Ronaldu hisobida hozircha 163ta uchrashuv mavjud.
Fikrlar