23 avg 08:48
Yangiliklar
Futbol

Ronalduning diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoldi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifikaciyasini to'liq o'taydigan bo'ldi.
Ispaniya sport arbitraj sudi Ispaniya futbol federaciyasi appelyaciya qo'mitasi singari madridliklarning apellyaciyasini qanoatlantirmadi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya Superkubogi birinchi uchrashuvi doirasidagi “Barselona”ga qarshi kechgan bahsda ikkinchi bor ogohlantirilib, maydondan chetlatishi paytida bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgandi.
Portugaliyalik futbolchi Superkubokning javob uchrashuvi va Primeroning 1-turida “Deportivo”ga qarshi maydonga tushmadi. Endi Ronaldu “Valensiya”, “Levante” va “Real Sosedad”ga qarshi o'yinlarda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
Havola :
Fikrlar