21 iyu 05:32
Yangiliklar
Futbol
Ronalduning mashinasi yo'l-transport hodisasiga uchradi
"La Vanguardia" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronalduga tegishli bo'lgan "Bugatti Veyron" avtomobili yo'l-transport hodisasiga uchragan.
Bu holat 20 iyun kuni Malorkada sodir bo'ldi. Mashina gaz ballonlari saqlanadigan kichik binoga biroz urilgan. Ayni damda oilasi bilan Malorkada xordiq chiqarayotgan portugaliyalik forvardning o'zi mashinada bo'lmagan.
Xodisa sabab jabrlanganlar yo'q. Policiya malumotiga ko'ra, haydovchi biroz xushyorlikni yo'qotgan.
"Bugatti Veyron" avtomobilini Ronaldu 2021 yili sotib olgan va bu dunyodagi eng qimmat avtomobil hisoblanadi. Eng qizig'i shundaki, bu avtomobil dunyoda faqatgina bitta.
Havola :
Fikrlar