19 mar 07:11
Yangiliklar
Futbol

Ronalduning rafiqasi karantin qoidalarini buzdi. U Krishtianuning sog'ligiga beparvolikda ayblanmoqda
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu ronalduning turmush o'rtog'i Jorjina Rodriges karantin qoidalarini buzib, kiyim-kechak xaridi uchun odam gavjum maskanlarga tashrif buyurgan.
"Corriere dello Sport" nashri malumotiga ko'ra, Jorjinaning soqchilar hamrohligida do'kon aylanib yurgan holatidagi surati ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketgan va keskin tanqidlarga sabab bo'lmoqda.
Mazkur holat Krishtianuning aksar muxlislari noroziligiga sabab bo'ldi, ular Jorjinani 35 yoshli hujumchining sog'ligiga jiddiy etibor qaratmaslikda ayblashmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus"ning ikki nafar vakili (Daniele Rugani va Bleza Matyuidi)da koronavirus alomatlari aniqlangach, Ronaldu oilasi bilan Portugaliyada qolishga qaror qilgan edi.
Havola :
Fikrlar