03 may 07:30
Yangiliklar

Ronalduning xet-trigi "Atletiko"ni taslim qildi
Uchrashuv Krishtianu Ronalduning benefisiga aylanib ketdi. Portugaliyalik futbolchi birinchi bo'limda boshi bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim oxirlarida esa yana ikki bor "Atletiko" darvozasini ishg'ol qilib jamoasiga yirik g'alaba keltirdi - 3:0.
"Real Madrid" javob bahsidan oldin o'zi uchun juda ham ajoyib imkoniyat hosil qilib oldi.
"Real" (Ispaniya) – "Atletiko" (Ispaniya) 3:0
Gollar: Ronaldu 10, - 1:0. Ronaldu 73, - 2:0. Ronaldu 86, - 3:0.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 46), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 67), Kroos, Benzema (Lukas Vaskes, 78), Ronaldu.
Atletiko – Oblak, Godin, Filipe Luis, Savich, Lyuka Ernandes, Saul (Gaytan, 57), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Korrea, 68), Grizmann, Gameyro (Torres, 57).
Ogohlantirishlar: Koke 26, Isko 48, Saul 53, Stefan Savich 83
Fikrlar