13 may 06:47
Yangiliklar

Ronaldusiz o'ynagan "Real" o'z uyida "Selta"ni yanchib tashladi
Ushbu bahsda "Qirollik klubi" o'z uyida Vigoning "Selta" jamoasini qabul qildi va yirik 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Krishtianu Ronaldu maydonga tushmagan uchrashuvda Garet Beyl dublga erishdi.
La Liga. 37-tur
Real Madrid – Selta 6:0 (3:0, 3:0)
“Santyago Bernabeu” stadioni
Gollar: 1:0 – 13 Beyl, 2:0 – 30 Beyl, 3:0 – 32 Isko, 4:0 – 52 Xakimi, 5:0 – 74, avtogol Gomes, 6:0 – 81 Kroos.
Real Madrid – Navas, Xakimi, Varan, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 72), Benzema (Mayoral, 64), Isko (Asensio, 64).
Selta – Alvares, Malo, Ronkalya, Gomes, Kastro, Vass, Lobotka, Xosabed (Radoya, 71), Brais Mendes (Aspas, 81), Maksi Gomes, Boye (Ernandes, 46).
Ogohlantirish: Malo (84).
Fikrlar