28 okt 08:40
Yangiliklar

Rossiya kubogi. “Lokomotiv”, “Krasnodar” chorak finalda, “Zenit” yutqazdi
Rossiya kubogi doirasidagi bir qator o'yinlar bo'lib o'tdi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepadigan “Lokomotiv” jamoasi “Krilya Sovetov” klubi mehmoni bo'ldi va safarda ishonchli 3:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Denisov ushbu bahsda to'liq harakat qildi.
“Krasnodar” esa “Orenburg” bilan kuch sinashdi. Bu bahsning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmadi. Qo'shimcha taymlarda esa “Krasnodar” chorak final masalasini hal qildi. Bu bahsda Odil Ahmedov uchrashuvning 17-daqiqasida Pavel Mamaevning o'rniga maydonga tushdi.
“Orenburg” safida esa boshqa hamyurtimiz Vadim Afonin uchrashuvda to'liq ishtirok etdi. Ahmedov va Afonin ushbu o'yinda jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qilishdi.
Nimchorak finalning eng kutilmagan natijasi “Anji” hamda “Zenit” jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvda qayd etildi. Mazkur uchrashuvda “Anji” “Zenit” darvozasiga javobsiz to'rtta gol kiritdi va musobaqaning amaldagi g'olibini nimchorak finaldayoq chiqarib yubordi.
Rossiya kubogi. 1/8 final.
KRILYA SOVETOV – LOKOMOTIV 1:3 (0:1, 1:2)
“stadion Metallurg”
Gollar: 0:1 – 19 Maykon, 0:2 – 50 Samedov, 0:3 – 63 Fernandesh, 1:3 – 75 CHochiev.
“Krilya Sovetov” – Konyuxov, Taranov, Yatchenko, Callagov, Nadson, Koncedalov, Rodich, Bato, Mollo, Kornilenko, Mbakogu.
“Lokomotiv” – Gilerme, Yanbaev, CHorluka, Mixalik, VITALIY DENISOV, Peychinovich, Igor Denisov, Samedov, Fernandesh, Maykon, Miranchuk.
ANJI – ZENIT 4:0 (1:0, 3:0)
“Anji-Arena”
Gollar: 1:0 – 29 Gasanov, 2:0 – 62 Budkovskiy, 3:0 – 69 Budkovskiy, 4:0 – 79 Berisha.
“Anji” – Yurchenko, Gadjibekov, Mensa, SHandao, Musalov, Gasanov, Tigiev, Ilichevich, Berisha, Ebesilio, Budkovskiy.
“Zenit” – Kerjakov, Anyukov, Lomberts, Netu, Jirkov, Garsiya, SHatov, Maurisio, Mak, Juliano, Dzyuba.
KRASNODAR – ORENBURG 3:2 (0:0, 2:2, 1:0)
“stadion Krasnodar”
Gollar: 0:1 – 55 Breev, 1:1 – 57 Grankvist, 1:2 – 59 Oyevole, 2:2 – 67 Izmaylov, 3:2 – 100 Grankvist.
“Krasnodar” – Sinicyn, Kaleshin, Grankvist, Martynovich, Mamaev (ODIL AHMEDOV), Izmaylov, Petrov, Laborde, Gazinskiy, Podberezkin, Ari.
“Orenburg” – Gutor, Andreev, Oyevole, Poluyaxtov, Vorobev, Breev, Koronov, VADIM AFONIN, Malix, Efremov, Bamba.
Fikrlar