05 dek 09:49
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Rossiya suzish federaciyasi prezidenti Ilya Sibircevning O'zbekiston safiga o'tishi haqida nimalar dedi?
Rossiya suzish federaciyasi prezidenti Vladimir Salnikov suzuvchi Ilya Sibircevning O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, World Acuatiss tashkiloti o'smirlar o'rtasida Evropa chempioni, 22 yoshli Ilya Sibircevning O'zbekiston termasi tarkibiga o'tishini rad etgan edi.
"U anchadan buyon xorijda. Bu uning shaxsiy ishi. Transfer haqida bizga hech qanday rasmiy so'rov kelib tushmadi", - dedi Salnikov.
Takidlash joiz, Sibircev o'tgan hafta AQSH Ochiq chempionatida ishtirok etib, 400 metr va 800 metrga erkin usulda suzish yo'nalishlarida bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Qizig'i, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati Sibircevning ushbu musobaqada qayd etgan natijalarini O'zbekiston terma jamoasi safida qayd etilganini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar