So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

13 apr 17:19
Yangiliklar

Boshqalar

Rossiya va O'zbekiston Olimpiadaga tayyorgarlikni hamkorlikda olib boradi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikistonga tashrifini yakunlab, Moskvaga yo'l olgandi.

Rossiya poytaxtida Ahmadjonov mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va bir vaqtning o'zida Xalqaro olimpiya qo'mitasi vakili bo'lgan Aleksandr Jukov bilan uchrashdi. Jukov, shuningdek, Rossiya davlat dumasi rahbarining birinchi o'rinbosari ham hisoblanadi.
Uchrashuv chog'ida har ikki mamlakat sport sohasida o'zaro hamkorlik qilishi masalasi bo'yicha memorandum imzolandi. Kun tartibidan har ikki mamlakat sportidagi muammolar, kamchiliklar va echilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan fikr almashish o'rin olgandi.

“Biz Rossiya sportining bugungi kundagi holati, undagi yutuq va kamchiliklar haqida yaxshi bilamiz. Til masalasida to'siq yo'qligi uchun ham rossiyalik sportchilarning xalqaro maydonlardagi ishtiroklari haqida etarli malumotga egamiz. SHundan kelib chiqib, har ikki tomon o'zaro hamjihatlikda ishlashida qandaydir muammolar bo'ladi deb o'ylamayman.

Ayni vaqtda Rossiya sporti yangi bosqichga qadam qo'yish arafasida turibdi. Ortda qolgan muammolar yaxshilab o'rganilgan, tahlil qilingan va shundan kelib chiqib, xalqaro maydondagi natijalarni yanada yaxshilash ustida ish boshlangan. Biz bilamizki, bu erda potenciali yuqori bo'lgan sportchilar juda ko'p. Rossiya bejizga Olimpiada o'yinlarining umumjamoa hisobida peshqadamlardan biri hisoblanmaydi. SHundan kelib chiqib, biz bu mamlakat sportining yaxshi tomonlarini o'zlashtirishga harakat qilamiz. Ayniqsa, engil atletika, suzish, qishki sport turlari, voleybol, gimnastika kabi turlarda ulardan ko'p narsalar o'rganishimiz mumkin”, — deydi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov.


O'z navbatida Aleksandr Jukov Rossiya sporti O'zbekiston bilan bajonudil hamkorlik qilishini takidladi. “O'zbekiston tomonining qo'llab-quvvatlovini his qilish biz uchun juda yoqimli. Birgalikda bir qator marralarga erisha olamiz deb ishonaman. Boisi O'zbekiston iqtidorlar zamini, unda salohiyati yuqori bo'lgan sportchilar juda ko'p”, — dedi Jukov uchrashuv chog'ida.

Memorandumga ko'ra Rossiya va O'zbekiston sportchilari birgalikda ishtirok etadigan musobaqalar soni ko'payadi. Kelishuv faqatgina sportchilar miqyosida bo'lib qolmay, rossiyalik mashhur mutaxassislar o'zbekistonlik murabbiylarga o'quv-kurslar, seminarlar ham tashkil etib beradi. SHuningdek, soha rivojiga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan adabiyotlar, darsliklar yangi tashkil etilayotgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti uchun ham beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing