07 iyu 08:37
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/41557_220.jpg)
Rossiyada Evropa jamoasi chempion bo'ladi
JCH-2018 chorak finali doirasidagi Belgiya - Braziliya uchrashuvida Janubiy Amerika jamoasi mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa, ayni paytga kelib mundialda faqat Evropa qitasi terma jamoalari qoldi xolos. Bugungi chorak finallarda Rossiya - Xorvatiya va SHveciya - Angliya juftliklari o'zaro to'qnash kelishadi. Franciya va Belgiya esa yarim finalga chiqib bo'ldi.
Malumot uchun, Evropa terma jamoalari shu kunga qadar 11 marta Jahon chempioni bo'lishgan. Ikkinchi o'rinda Janubiy Amerika qitasi bormoqda - 9ta chempionlik. Boshqa hech qaysi qita jamoasi mundialda g'olib bo'la olmagan.
Eslatib o'tamiz, oxirgi uchta mundialda muntazam ravishda Evropa jamoalari chempion bo'lishgan: Italiya, Ispaniya va Germaniya. Bu yilgi mundial finali 15 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar