22 avg 14:28
Yangiliklar

Rossiyada sportchilar O'zbekiston fuqaroligini olishgani bo'yicha izoh berildi
Sportchilar nima sababdan O'zbekiston fuqaroligini olganlari malum qilindi. Bu haqida TASS xabar tarqatdi.
«O'zbekistonda yaqindagina beshkurash federaciyasi tashkil etilgandi. Olimpiya o'yinlariga bir yil qolganda sifatli sportchilar etishtirib chiqishlari kiyin bo'lganligi sababli ular bizdan yordam so'rashdi. SHu tariqa, bizning ikki nafar sportchilarimiz endilikda O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Biz sportchilarimiz uchun hech qanday tovon puli talab qilmadik. Nima sababdan ular O'zbekiston nomidan ishtirok etishga rozi bo'lishdi? Ular Rossiya terma jamoasi safida Olimpiadaga bormasliklari mumkin, chunki bu erda raqobat juda kuchli, Ular endi O'zbekiston bayrog'i ostida orzulariga etishlari mumkin»,-dedi Rossiya zamonaviy beshkurash federaciyasi rahbari Vyacheslav Aminov.
Fikrlar