18 dek 08:21
Yangiliklar
Rossiyadagi “Masters”da bitta bronza bilan kifoyalandik
Yilning ushbu so'nggi nufuzli musobaqasida dunyoning 46 mamlakatidan sara sportchilar ishtirok etishdi. Ular qatorida o'zbekistonlik 7 nafar dzyudo ustalari ham xalqaro turnir medallari uchun tatamiga chiqishdi.
Afsuski, “Masters” turniridan bor yo'g'i bitta bronza medali bilan qaytadigan bo'ldik. -60kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qilgan SHarofiddin Lutfullaev bronza medali uchun kechgan bahsda rossiyalik Robert Mshvidobadzeni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
Qolgan dzyudochilarimiz mag'lubiyatga uchrab, bu yilgi sport mavsumini biroz bo'lsada omadsiz yakunlashdi. To'rtta oltin, 2ta kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritgan dzyudo vatani hisoblangan yaponiyalik sportchilar umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Kuchli uchlikdan Gruziya va Rossiya terma jamoalari joy olishdi. O'zbekiston terma jamoasi Bosniya va Gercegoviniya bilan birga 16-17 o'rinlarni bo'lishib oldi. Jami 19ta davlat sportchilariga ushbu musobaqada kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritish nasib etdi.
Fikrlar