So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

12 apr 15:36
Yangiliklar

Futbol

Rossiyadan qaytgan Jeparov o'g'li bilan maxsus 14 kunlik karantindan chiqdi + FOTO

Teglar :  KarantinJeparov
O'zbekiston U-14 termasi ustozi Server Jeparov farzandi Raul bilan 14 kunlik karantin muddatini o'tadi.

Bizga malum bo'lishicha, ular Rossiyaning Qozon shahridan O'zbekistonga qaytib kelgan va 2 hafta davomida maxsus izolyaciyalangan konteynerlarga joylashtirilgan. Jeparov karantindan chiqqani haqda Instagram'dagi sahifasi orqali xabar berdi.

“COVID-19. 14 kun maxsus jihozlangan konteynerlarda bo'ldik. Prezidentimiz Mirziyoev SHavkat Miromonovich o'z xalqiga g'amxo'rlik qilayotgani uchun tashakkur! Fikrimcha, konteynerlar karantinda yashash uchun zarur bo'lgan barcha narsalar bilan taminlangan.

To'rt kishi yashadik. Televizor, kondicioner, hojatxona, hammom (dush), issiq va sovuq suv, shahar telefoni, choynak qaynagan suvi bilan, suv qaynatishga maxsus choynak, piyola, gigiena vositalari, tish pastasi, cho'tkalar, niqoblar, qo'lqoplar, sovun, shampun, tozalikni saqlash uchun chelak va latta bor. Ovqat kuniga 3 mahal, kotletlar, tovuq, guruch, grechka, perlovka, makaronlar, palov, suv, salatlar, olmalar, mandarinlarning barchasi bir martalik idishlarga solingan, bu esa karantin qoidalariga rioya qilinayotganidan darak beradi. Desertga choy va shirin pechenelar, ertalabki nonushtaga esa yogurt, tuxum, bo'tqa (kasha), sariyog', pishloq, sosiskalar berildi.

Bizga xizmat ko'rsatgan xodimlar, test tahlillarini olgan shifokorlar, 14 kun davomida biz bilan bo'lib, kundalik muammolarimizni hal qilganlarga chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman, bu ular tomonida ko'rsatilgan haqiqiy qahramonlikdir.

Biz buni uddalik, bu oson emas edi. SHaroitlar esa yashashimizni osonlashtirdi. Davlatimiz Prezidenti hamda uning jamoasiga yana bir bor tashakkur. Endi men va o'g'lim uy karantinida bo'lamiz. Keling, barchamiz birgalikda pandemiyaga qarshi kurashaylik, karantin talablariga amal qilgan holda COVID-19 virusini engishimiz mumkin”, deya sahifasida izoh qoldirgan Jeparov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing