17 avg 05:35
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Rossiyalik atletlar Olimpiada-2008 estafetasi chempionligidan mahrum qilindi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi engil atletika bo'yicha Rossiya terma jamoasi qizlarini 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi oltin medalidan mahrum qildi.
Aniqrog'i, estafeta (4x100 metr) bahslarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan Rossiya ayollar terma jamoasi endi Olimpiada chempioni emas. Bunga o'sha chempion jamoa azosi Yuliya CHermoshanskayadan olingan doping-tahlil ijobiy natija bergani sabab bo'ldi.
Uning qon tarkibida bir yo'la ikkita taqiqlangan modda borligi aniqlangan. Yuliyadan tashqari, Evgeniya Polyakova, Aleksandra Fedoriva va Yuliya Gushina ham Pekin Olimpiadasi oltin medalidan mahrum qilindi.
Havola :
Fikrlar