26 noy 13:54
Yangiliklar
SHaxmat
Rossiyalik shaxmatchi Andrey Esipenko Yakubboev bilan o'yin oldidan nimalar qilganini aytdi
Rossiyalik shaxmat ustasi Andrey Esipenko Jahon Kubogida uchinchi o'rinni egalladi va nomzodlar turniriga yo'llanma oldi
U hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev bilan o'yin oldidan holati yaxshi bo'lmagani haqida gapirdi.
"Rostini aytsam, hal qiluvchi uchrashuv oldidan holim juda yomon edi. Keyin sekundantim bilan restoranga chiqib ovqatlandik, men biroz pivo ichdim — va holatim ancha yaxshilandi. Kechqurun "Arsenal" — "Tottenhem" o'yinini ko'rdim va men muxlislik qiladigan jamoa g'alaba qildi. Bu kayfiyatimni yaxshigina ko'tardi", — dedi Esipenko.
Eslatib o'tamiz, Esipenko 3-o'rin uchun bahsda Yakubboevni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Hamyurtimiz esa musobaqani 4-o'rinda yakunladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar