05 avg 10:31
Yangiliklar
SHaxmat
Rossiyalik shaxmatchi Jahon Kubogi sohibasiga aylandi + FOTO
Rossiyaning Sochi shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha Jahon Kubogi o'z yakuniga etib bormoqda.
Ayollar o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik shaxmatchilar - Aleksandra Kostenyuk hamda Aleksandra Goryachkina o'zaro bosh sovrin uchun dona surishdi. Ikkinchi partiyada durang natija qayd etildi. Birinchi partiyadagi g'alaba Kostenyukka Jahon Kubogini taqdim etdi.
Bronza medali uchun kechgan bahsda esa xitoylik Tan CHjuni ukrainalik Anna Muzichukdan ustun keldi.
Jahon Kubogi. Sochi, Rossiya
Final. Ikkinchi partiya
Aleksandra Kostenyuk (Rossiya) – Aleksandra Goryachkina (Rossiya) – 0,5:0,5 (Birinchi partiya - 1:0)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar