18 dek 16:18
Yangiliklar
Rossiyalik shaxmatchilar Osiyo chempionatida 17 ta medal qo'lga kiritishdi
Kecha blic yo'nalishida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Qizig'i shundaki, Evropa qitasi vakili hisoblangan Rossiya terma jamoasi ham Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Olti yosh toifasida o'tgan musobaqada jami 561 shaxmatchi qatnashgan bo'lsa, ulardan 51 nafarini rossiyaliklar tashkil etib berdi. Roman SHogdjiev va Valeriya Kleymenova (16 yosh) Osiyo chempioni bo'lishdi. 8 yoshlilar bahsida qatnashgan SHogdjiev 9 imkoniyatdan 9 ochko jamg'ardi.
Ivan Kudrin, Oksana Smirnova (10 yosh), Taymaz Temirbekov (12 yosh), Marat Gilfanov (14 yosh) kumush, Kristina Zavivaeva (10 yosh) va Aleksey Proxorov bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Rossiya terma jamoasi blic va rapid yo'nalishlarida jami 17 ta (3 tasi oltin) medal qo'lga kiritdi. Hozircha medallar soni bo'yicha aynan Rossiya umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibdi. Vetnamda 13, Hindistonda - 12, Qozog'istonda - 5, Xitoy va O'zbekistonda 4 tadan medal bor. Barcha g'olib va sovrindorlar 21 dekabr kuni malum bo'ladi.
Fikrlar