So’nggi yangiliklar

11:13Макгрегор Перрининг устидан мазах қилди 0 10:35Тошкентда дзюдо бўйича ёшлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати старт олди 0 09:56Хабиб октагонга қайтиш учун таклиф қилинган 200 миллион доллардан воз кечди 0 09:05ЖЧ-2030`да ҳам сув ичиш учун танаффуслар сақланиб қолиши мумкин 0 08:34Рейтингнинг Топ-3`талигидаги жангчи UFC`дан ҳайдалди 0 08:03Жаҳонгир Нажмиддинов ҳам Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 07:32Ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг илк куни 12 нафар дзюдочимиз баҳсларга киришади 0 07:01Маурисио Почеттино "Манчестер Юнайтед" базасига етиб келди ва ишга киришди 0 19:30Богдан Гусков Роберт Уиттакерга мурожаат қилди 0 18:51Илия Топурия: "Мақсадим — Гэтжи билан реванш, аммо..." 0 18:15"Кичкина одамни мағлуб этсам, бу менга ҳеч қандай обрў келтирмайди". Шара Буллет Царукян билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 18:10Ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатига қуръа ташланди (Жуфтликлар) 0 17:42Ўзбекистон терма жамоаси Саудия Арабистони устидан ғалабадан сўнг ФИФА рейтингида бир поғона кўтарилди 0 17:05"У афсона". Асу Алмабаев бўлажак рақиби ҳақида фикр билдирди 0 16:29"Энди уларни ҳурмат қилмайман". Собиқ чемпион Нурмагомедов жамоаси ҳақида гапирди 0

27 okt 15:00
Yangiliklar

Tadbirlar

Rossiyalik sport talimi olimlari O'zbekistonda

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Moskva davlat sport va turizm universiteti rektori, professor Natalya Masyagina hamda Turizm va mehmondo'stlik sanoati instituti direktori Aleksandr Ivancovdan boshchiligidagi delegaciya azolari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalasida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, qishki sport turlarini rivojlantirish, malakali mutaxassislar, yosh olimlarning tajriba almashinuvi va hamjihatlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi hamda talim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov mehmonlarga mamlakatimizda sport talimini rivojlantirish, yurtimizda o'tkazilayotgan xalqaro sport musobaqalari, kelgusi yili poytaxtimizda o'tkaziladigan “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik, bunyod etilayotgan “Olimpiya shaharchasi”, ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi say-harakatlar haqida malumot berdi. 

Uchrashuvda Natalya Masyaginaga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faxriy professori unvoni topshirildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing