18 jan 17:01
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Rossiyalik sportchilar Doxadagi suv sporti turlari bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi
Bu haqda World Aquatics xabar bermoqda.
			Malum bo'lishicha, rossiyalik sportchilarga neytral maqomda bo'lsa-da, musobaqada ishtirok etishga ruxsat berilmagan.
"Aquatics Integrity Unit bilan maslahatlashganimizdan so'ng, Doxada o'tkaziladigan suv sporti bo'yicha JCHda rossiyalik sportchilar ishtirok eta olmasligini tasdiqlashimiz mumkin", - deya holatga munosabat bildirdi World Aquatics aloqa bo'limi vakili.
Eslatib o'tamiz, suv sporti bo'yicha Jahon chempionati 2-18 fevral kunlari Qatar poytaxti Doxada o'tkaziladi. Musobaqa Parij-2024 yozgi Olimpiadasi uchun so'nggi saralash musobaqasi hisoblanadi.
            Havola            :         
                    Manba                : Match_TV
            
			
Fikrlar