18 noy 21:16
Yangiliklar
Futbol

"Rostov" prezidenti: "Karpin barchasidan mamnun, u hech qaerga ketishni istamayapti"
"Rostov" prezidenti Artashes Arutyunyanc klub bosh murabbiyi Valeriy Karpinning kelajagi borasida fikr bildirdi.
"Karpin bilan do'stona aloqada ekanimiz hech kimga sir emas, lekin shaxsiy aloqa va ishni o'z o'rniga qo'yishni bilamiz. Karpinni qo'llab-quvvatlayapman va kelajakda ham shunday bo'ladi.
Karpinni "Rostov" bosh murabbiyi sifatida ianishtirganimda, bu uzoq vaqt davom etishini bilardim. Hozir hamma Karpinnni "Rostov"da qolishi va ishni davom ettirishini xohlamoqda. Bosh murabbiyni jamoa azolari va natijalar hayajonga soladi. Valeriy Georgevich barchasidan mamnun va u hech qaerga ketishni istamayapti. Karpin – "Rostov" klubi bosh murabbiyi", – deydi Arutyunyanc.
Havola :
Fikrlar