29 sen 17:40
Yangiliklar
Futbol

“Rostov”ning kechagi ECHLdagi o'yinida OAV va muxlislar mojarosi yuzaga keldi
“Rostov” klubining Evropa chempionlar ligasi o'z maydonidagi debyut o'yini mojaro bilan boshlandi.
Gap shundaki, uchrashuv o'tkazilgan “Olimp 2” stadioni o'z bag'riga bor yo'g'i 15840 tomoshabinni sig'dira oladi. Matbuot tomonidan o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lganligi sababli tribunalarning biridagi 13-qator OAV xodimlariga berildi.
O'rindiqlar o'rni stol bilan jihozlandi. Lekin o'sha o'rindiqlar uchun chiqarilgan chiptalar savdoda qolaverdi. Natijada OAV va muxlislar o'rtasida o'ziga xos mojaro yuzaga keldi. Muxlislar 10 ming rubldan chipta xarid qilishgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar