04 noy 15:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Roy Jons Mayk Tayson - Jeyk Pol jangiga taxmin bildirdi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, amerikalik Roy Jons hamyurtlari Mayk Tayson va Jeyk Pol o'rtasidagi bo'lajak jang haqida gapirdi.
"Mayk juda kuchli yigit. Men u bilan ringga chiqqanman va unga zarba berish qanchalik qiyin bo'lganini, aksincha, uning zarbasi qanchalik og'irligini yaxshi eslayman. Undan havotirlanishga hojat yo'q, ammo jang ikkinchi yarmiga qadar cho'zilsa, yoshi tufayli unga qiyin bo'ladi. Jang to'rt raunddan ortiq davom etmasa, Mayk bilan hammasi yaxshi bo'ladi.
Menimcha, Mayk ringga chiqadi, Polni his qiladi va keyin uni yakunlaydi. Yoki u bilan birga sakkiz raundning hammasini o'tkaza olishini his qiladi va keyin ochkolar bo'yicha g'alaba qozonadi", dedi Jons Talk Sport bilan suhbatda.
Havola :
Manba : TalkSport
Fikrlar