06 jan 07:22
Yangiliklar
Futbol

Roys - Germaniyaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi!
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys muxlislar talqiniga ko'ra Germaniya terma jamoasining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
29 yoshli futbolchi so'rovnomada 89 928ta (33,9%) ovoz to'plab, "Bavariya" himoyachisi Joshua Kimmix (31%) va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sanedan (10,3%) o'zib ketdi.
Malumot uchun, Marko Roys 2018 yilda Germaniya terma jamoasining 13ta uchrashuvidan 8tasida ishtirok etdi va ularda 1ta gol urdi, 1ta golli pas berdi.
Havola :
Fikrlar